MUXTORIYAT

MUXTORIYAT (arabcha) — o’ziga mustaqillik, avtonomiya. Konstitutsiyaviy huquqda biron-bir hududning unga Konstitutsiya yo’l qo’ygan chegaralarida davlat hokimiyatini mustaqil amalga oshirish huquqi. Muxtoriyat markazlashgan tizimdan markazlashmagan tizimga o’tishning muayyan darajasini bildiradi, ammo bu federativ davlatdagiga nisbatan kamroq darajada bo’ladi. Muxtoriyat keng ma’noda biron-bir ilmiy muassasa (masalan, unversitet), turli tashkilotlarning muayyan masalalarni o’z holicha, mustaqil hal qilish huquqi ma‘nosida ham ishlatiladi.