Muz oqishi
Muz oqishi — muzning daryo va ko’llarda suv oqimi yoki shamol ta’siridagi harakati. Bahorgi Muz oqishida muz qoplamining erib parchalanishi natijasida hosil bo’lgan, kuzgi Muz oqishida mayda muz parchalari (shuga)ning o’zaro birikishidan vujudga kelgan katta muz bo’laklari harakatlanadi. Ko’pchilik daryolarda kuzgi Muz oqishidan oldin shuga oqishi bo’lib o’tadi. Muz oqishi paytida daryolarda muz tiqilishi kuzatiladi.