Muz tiqilishi
Muz tiqilishi – muz oqishi vaqtida daryo o`zanining toraygan joylarida, tirsaklarda, sayozliklarda muz yig`ilib, daryoni to`sib qo`yishi. Shimolga oqadigan daryolarda yuqori oqimida muz ko`chib, quyi qismiga kelib to`planishidan ham muz tiqilishi bo`ladi. Amudaryoning quyi oqimida ham kuzatiladi. Muz tiqilishi ba’zan toshqinlarga sabab bo`ladi.