Muz tiqilishi

Muz tiqilishi – muz oqishi vaqtida daryo o’zanining toraygan joylari, tirsaklar va sayozliklarda muz yig’ilib, daryoni to’sib qo’yishi. Shimolga oqadigan daryolarda yuqori oqimda muz ko’chib quyi qismiga kelib to’planishidan ham Muz tiqilishi bo’ladi. Amudaryoning quyi oqimida ham kuzatiladi. Muz tiqilishi ba’zan toshqinlarga sabab bo’ladi.