MUZAFFARIYLAR DAVLATI
MUZAFFARIYLAR DAVLATI – 14 a.ning 40-50-y.lari boshida Eron- da mavjud bo’lgan davlat. Hulokuiylar davlatinnng inqirozidan keyin vujud- ga kelgan. Unga mo’g’ullarning Yazddagi no-ibi Muboriziddin Muhammad ibn Muzaffar (Elxoniylarning Yazddagi noibi) asos solgan. U Erondagi mo’g’ul davlatining tanazzulga uchraganidan foydalanib, Kermon (1340), Fors (1353) va Isfahon (1356)ni o’z davlatiga qo’shib olgan. Amir Temur 1393 y.da Jan. Eron- ni bosib olgandan keyin M.D. barham topgan. H. Qazviniyning «tarixi gu- zida» («tanlangan tarixlar») asarida M.D. tarixini Mahmud qutbiy (15-a. boshi) yozganligi qayd etilgan. M. D. hukmdorlari: Muboriziddin Muhammad ibn Muzaffar (1314-58); Shoh Mahmud (1358-64); Jaloliddin Shoh Shujo’ (1364-84); Mansur (1387-93).