Muzlik
Muzlik– sharoit qulay joyda qor to`planishidan hosil bo`lib, qiya tomonga siljib turuvchi muz massasi. Qor chegarasidan yuqorida relyefning qor to`planishi uchun qulay bo`lgan botiq shakllarida to`planadigan qorning zichlashishidan vujudga keladi. Yer yuzida hozirgi vaqtdagi muzliklar maydoni 16 mln. km.kv dan ortiq. Muzliklar joylashgan o`rni va shakliga ko`ra tog` muzligi va tekislik muzligiga bo`linadi. Muzliklar nishab tomonga surilib turadi; 1 daraja qiyalikdagi yerda muzlik siljishi uchun uning qalinligi 55-60 m bo`lishi kerak. 1,5-2 m qalinlikdagi muz siljiydi. Muzlikning siljish tezligi muz haroratiga, joyning qiyaligiga va muzning qalinligiga bog`liq. Muzlik kuniga bir necha mm dan 2-3 m gacha siljishi mumkin. Tog` muzliklari daryolarning to`yintiruvchi muhim suv manbaidir.