MYANMA
MYANMA (o’zlarini mran deb atashadi) — xalq, Myanmaning asosiy aholisi (33 million kishi). Hindiston, Kambodja, Laos va boshqa mamlakatlarda ham yashaydilar. Umumiy soni 33,4 million kishi (1990-yillar o’rtalari), birma tilida so’zlashadi. Dindorlari — asosan, buddaviylar.