Myoziya

Myoziya — quyi Dunay va Bolqon tog’lari oralig’idagi tarixiy viloyat. Dastlab frakiy qabilalar (myozlar, getlar, besslar va boshqalar) joylashgan. Miloddan avvalgi 7-6-asrlarda Myoziya hududini yunonlar o’zlashtirganlar, miloddan avvalgi 1-asr oxiridan Rim hukmronligi ostida bo’lgan. 4-asrda gotlar, 6-7-asrlarda slavyan qabilalari joylashib olgan.