MYURAT (MURAT) IOAXIM

MYURAT (MURAT) IOAXIM (1767.25.3, Labastid — Fortyuner, hozirgi Labastid — Myura, Lo — 1815.13.10, Pisso, Kalabriya) — Napoleonning safdoshi va kuyovi (1800 yildan), Frantsiya marshali (1804), Neapol qiroli (1808 yildan). Napoleon urushlarining barchasida ishtirok etgan.