Nabiyev Rashid Nabiyevich
Nabiyev Rashid Nabiyevich (1912, Samarqand — 1985.10.6, Toshkent) — tarixchi olim, O’zbekistan Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1952), tarix fanlari Doktori (1967). Samarqand pedagogika texnikumi (1927-30) va Farg’ona pedagogika instituti (1930-33) da o’qigan. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti direktori (1947-52), bo’lim mudiri (1956-62), Fanlar Akademiyasi ijtimoiy fanlar bo’limi mudiri (1952-56). 1962 yildan O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida katta ilmiy xodim. Ilmiy faoliyati O’rta Osiyoning o’rta asrlar tarixini o’rganishga bag’ishlangan. O’zbekiston tarixiga oid bir qancha o’quv qo’llanmalar, darsliklar muallifi. As: XIV asrda O’rta Osiyoda sarbadorlar qo’zg’oloni, T., 1942; iz istorii kokandskogo xanstva (feodalnoe xozyaystvo Xudoyarxana), T., 1973; Tashkentskoe vosstanie 1847 g. i ego Sotsialno-Ekonomicheskie predposilki, T., 1966.