Nafrat
Nafrat — muayyan shaxsga yoki kishilar guruhiga, g’oyaga yoki amaliy faoliyatga nisbatan qattiq g’azab va jirkanish tuyg’usi. Aqlli, to’g’ri, halol, pok va vijdonli inson nopok, o’g’ri, poraxo’r, munofiq, axloqan buzuq kishilardan va ularning ishlaridan hazar qiladi, ularga Nafrat bilan qaraydi. Qur’on va hadislarda nopok, imonsiz, tuhmatchi va g’iybatchi kishilar ham Nafratga loyiq ekanligi ta’kidlanadi.