Namangan «Mexmash» aktsiyadorlik jamiyati

Namangan «Mexmash» aktsiyadorlik jamiyati — «O’zmashsanoat» uyushmasi tarkibidagi ishlab chiqarish korxonasi. Asosan, nostandart qurilmalar, suv quvurlari zulfinlari, maxsus texnologik uskunalar, qishloq xo’jalik texnikalariga ehtiyot qismlar, metallkonstruktsiyalar va xalq iste’mol mollari, gilam to’qish dastgohlari, seyflar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. 1974 yilda «Namangan mexanizatsiya va avtomatlashtirish vositalari mashinasozlik zavodi» nomi bilan ishga tushirilgan, 1982 yilda ilg’or texnologik uskunalar bilan qayta jihozlangan korxona qurib bitkazildi. 1991 yilga qadar harbiy sanoat uskunalari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan. 1995 yil dan hozirgi nomda. Korxonada bir yilda 50 dan ortiq turdagi mahsulotlar tayyorlanadi.