Namaton qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Namaton qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Qashqadaryo oblastining Shahrisabz rayonida. Toponimi xalq Namat so’zi bilan bog’laydi. Bu nomning tashqi ko’rinishi asosidan vujudga kelgan etimologiyadir. Aslida toponim maton, miton so’zi bilan aloqador. V.L.Vyatkin Miton “qal’a, qo’rg’on” degan ma’noni bildiradi, deb yozgan edi. Nomning birinchi komponenti na, nav, na u “yangi” so’zining fonetik o’zgarishga uchragan shakli. Demak, Namaton “yangi qo’rg’on” degan ma’noni bildiradi.

Fikr bildirish