Namlanish

Namlanish– biron hududdagi yog`inlar miqdorining shu joydagi mumkin bo`lgan (potensial) bug`lanishga nisbati. Mumkin bo`lgan bug`lanish miqdoridan yog`inlar miqdori katta bo`lsa, bunday joylar ortiqcha (o`ta) namlikka ega bo`ladi (Masalan, o`rmon zonasi). Aksincha, yog`inlar miqdoridan mumkin bo`lgan bug`lanish katta bo`lgan yerlar qurg`oqchil bo`ladi. (Masalan, chala cho`llar, cho`llar va h.k.) Namlanishni miqdoriy ifodalash uchun aridlik va gumidlik indekslari hamda namlanish koeffitsiyenti formulalaridan foydalaniladi.