Naqib

Naqib-o’zlarini Muhammad Payg’ambarning avlodlari deb hisoblaydigan sayidlar jamoalarining yetakchilari, rahbarlarining lavozimi. Naqib lavozim sifatida o’rta asrlarda xalifalar hukmronligi davrlarida vujudga kelgan bo’lib, hukmron doiralar naqib orqali sayidlar jamoalari bilan muomala qilganlar. Naqiblar xazinadan ta’minlab turilgan. Naqiblik lavozimi avloddan-avlodga o’tgan.