Naqr, naqra

Naqr, naqra (Arabcha — zarb, taqillatish) — o’tmish musiqa risolalarida qo’llanilgan usul zarblari birligi. Ritm o’lchovlari Arab alifbosidagi T va N harflari vositasida ifodalangan. Masalan, tan (ikki Naqrdan tuzilgan uzun bo’g’in), tanan [bir qisqa (ta) va bir uzun (Nan) bo’g’in] va hokazolar. Safiuddin al-Urmaviy, Mahmud ash-Sheroziy, Abduraqmon Jomiy, Zaynulobiddin al- Husayniy risolalarida Naqrlar masalasiga ham maxsus to’xtab o’tilgan.