NARAMSIN
NARAMSIN (Naram-Suen) – Akkad podshohi (miloddan avvalgi taxminan 2236-2200). Sargonning nabirasi. O’zini Xudo deb e’lon qilib, mustabid hokimiyat o’rnatgan. Naramsinning G’arbiy Erondagi lullubeylar qabilasi ustiga yurishi sharafiga o’rnatilgan stela — Akkad san’ati yodgorligidir (Luvrda saqlanadi). Naramsin davrida gutiylar (kutiylar)ning Akkadga bosqini boshlangan.