Nashagul

Nashagul (Rubbeckia laciniata L), qiyiqbarg nashagul — murakkabguldoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’tsimon manzarali o’simlik. Vatani — Amerika. Bo’yi 1-2,5 metr. Poyasi tik o’sadi, pastdagi yaproqlari patsimon, yuqoridagilari uch burchakli. Gullari sariq va to’q qizil. To’pguli savatcha, yirik (7-12 santimetr), sharsimon, ko’p gulli, uzun bandli, shoxlari uchida bittadan o’rnashgan. Savatchaning chetiga o’rnashgan gullari tilsimon, jinssiz, o’rtadagilari esa naychali, ikki jinsli. Mevasi 5-6 j mm, 4 qirrali doncha, uchida kokili bor. Urug’i ponasimon, cho’ziq. Nashagul urug’laridan hamda bachkisidan ko’paytiriladi. Iyuldan to kech kuzgacha gullaydi. O’zbekistonda parklarga, maysazor va gulzorlarga ekiladi.