Nasriy she’r
Nasriy she’r — lirik kechinmalarning sochma badiiy nutq shaklidagi ifodasi. Nasriy she’rda xarakterning taraqqiyoti ko’rsatilmay, uning oniy holati tasvirlanadi. Muallif nutqining his-tuyg’uga boyligi, individual emotsional bo’yoqning ustunligi, nutqning ma’lum ritmik qonuniyatiga mosligi, nihoyat, o’ziga xos intonasiyaga egaligi, pauzaning ko’pligi Nasriy she’rning muhim xususiyatidir. Unda ba’zan alohida so’z bir yoki bir necha gapga teng keladi. Ko’p hollarda ran yoki so’zlar so’roq, undov ohangiga ega bo’ladi. Nasriy she’r ba’zan lirik Nasr deb yuritiladi. Opbek, Usmon Nosir, Mirtemir va boshqalar ijodida Nasriy she’rning yaxshi namunalari bor.