Nasta’liq

Nasta’liq (arabcha)-xattotlik uslubi, arab mumtoz xat uslublaridan biri. XIV asrda shakllangan, nazariy asoschisi Mir Ali Tabriziy. Bu xat nasx va ta’liq xat uslublari asosida yaratilgan bo’lib, harflarning 5/6 qismi egri va 1/6 qismi to’g’ri chiziqlar asosida yoziladi. Dastlab mo’tabar qo’lyozmalarni, asosan, badiiy adabiyot namunalarini ko’chirishda va alohida qit’alarni bitishda foydalanilgan. Keyinchalik bu yozuv kitobat san’atidan nasx vas uls yozuvlarini siqib chiqaradi. O’rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon, Afg’oniston va Hindistonda keng tarqalgan.