Natans (Nathans) Daniel
Natans (Nathans) Daniel (1928.30.10, Uilmington shahri) — Amerikalik genetik, tibbiyot Doktori (1954 yildan). Delover shtati universitetini tugatgan (1950). 1972 yildan jon Gopkisn universiteti tibbiyot fakulteti mikrobiologiya bo’limi direktori. Ilmiy ishlari molekulyar biologiyaga oid. Restriktsion enzimlar (fermentlar) kashf etgan va ularni molekulyar genetikada qo’llagan. Nobel mukofoti laureati (1978, X. Smit bilan hamkorlikda).