NATO

NATO – Shimoliy Atlantika Harbiy Tashkiloti (inglizcha nomining birinchi harflaridan tuzilgan; rasmiy nomi Shimoliy Atlantika pakti tashkiloti), 1949-yili tuzilgan harbiy-siyosiy blok. Dastlab bu blokka AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Kanada, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Daniya, Islandiya, Norvegiya va Portugaliya kirgan. 1952-yilda unga Gretsiya va Turkiya, 1955-yilda GFR kirgan. 1966-yili NATO harbiy tashkilotidan Fransiya, 1974-yilda Gretsiya chiqib ketgan.