Natriy xlorid

Natriy xlorid, osh tuzi, NaCl — xlorid kislotaning natriyli tuzi. Kub panjarali kristallardan iborat rangsiz modda. Suyuqlanish temperaturasi 801°, qaynash temperaturasi 1413°, zichligi 2,161 g/sm3. Suvda yaxshi eriydi. NaOH, HC1, MgCl2, SaS12 va boshqalar ishtirokida Natriy xloridning suvda eruvchanligi juda kamayadi. Toza Natriy xloridning gigroskopikligi oz, ammo aralashmalar (masalan, magniy tuzlari) ishtirokida uning gifoskopikligi juda ortadi. Tabiatda galit (tosh tuz) holida, dengiz va sho’r ko’l suvlari tarkibida bo’ladi. Oziq-ovqat va boshqa sanoat sohalarida, qishloq xo’jaligida, ro’zg’orda ko’plab ishlatiladi. Undan o’yuvchi natriy, xlor, soda, natriy sulfat olishda foydalaniladi.