Naturalizm

Naturalizm — tabiat butun mavjudotni izoxlashning yagona va universal tamoyili deb hisoblaydigan falsafiy yo’nalish. U «tabiat» tushunchasiga ruh va ruhiy narsalarni ham ki-ritadi (stoltsizm, Epikur, J.Bruno, Gyote, romantizm, 19-asrdagi biologik dunyoqarash, hayot falsafasi). I.Kant fikricha, Naturalizm hamma sodir bo’layotgan narsalarni tabiat bilan bog’lash va undan keltirib chiqarishdir. Axloqda Naturalizm tabiat qonunlariga mos keluvchi o’z shaxsiy intilishlarini rivojlantirishga asoslangan hayot tarzi. Bunga axloq tushunchasini tabiiy krbiliyatlar, shuurlar, intilishlar, manfaatlar kurashi orqali falsafiy tushuntirishga harakat qilish xam kiradi (kiniklar, stoiklar, J.Russo, O.Kont, K.Marks, F.Nisshe). Sotsiologiyada Naturalizm — jamiyat taraqqiyoti turli tabiiy omillarga — iklim sharoitlari, geografik muhit, odamlarning biologik va irqiy xususiyatlariga bog’liq deb tushuntiruvchi nazariyalarga mansub. Naturalizm 17— 18-asrlar ma’rifatchilarining yetakchi tamoyillaridan biri («tabiiy inson», tabiiy jamiyat, tabiiy axloq, tabiiy hukuq kontsepsiyalari va hokazolar). Diniy dunyoqarashda Naturalizm — panteistik g’oyalarning namoyon bo’lishidir, ya’ni Xudo bilan tabiatni bir deb bilish, Xudoni tabiatga singdirib yuborish, Xudo blan moddiy olam o’rtasiga hech qanday to’siq qo’ymaslik {Forobiy, Ibn Sino, Bedil, J.Bruno, B. Spinoza).