Navro’zbuloq qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Navro’zbuloq qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Xorazm oblastining Shovot rayonida. Toponim ikki qismdan iborat bo’lib, nomning birinchi komponenti kishi ismini bildiruvchi Navro’z so’zidir. Bu so’z kishi ismi sifatida Xorazmda keng tarqalgan bo’lib, qadimgi xorazmiy xalqi bilan aloqadordir. Xorazm shevasida kema tortuvchi kishi Burlaq emas, Saldovchi (solkema) nomi bilan yuritiladi. Toponimning ikkinchi qismi shevada Mallak yoki Bo’lak shaklida talaffuz etiladi. Mallak – “mulk” so’zining shevadagi variantidir. Shunday ekan, Navro’z buloq “Navro’zning mulki” degan ma’nodadir. Otaniyozbuloq, Xudoybuloq toponimlarni ham xuddi shu shaklda kishi nomi orqali yasalgan.

Fikr bildirish