Nazrullayev Ibodulla
Nazrullayev Ibodulla (1927, G’ijduvon) — usta kulol, G’ijduvon kulollik maktabining 6-avlod vakili. G’ijduvon kulollik an’analarini rivojlantirgan. G’ijduvonlik usta Usmon Umarovdan hunar o’rgangan. Nazrullayev yaratgan buyumlar (kosa, lagan, piyola va boshqalar) beagi nafis ranglar uyg’unligi va jilosi, mujassamotlar yechimi hamda jozibasi bilan ajralib turadi, an’anaviy islimiy, handasiy naqshlarni keng qo’llagan. Nazrullayev ijodida Real mujassamotlar bilan bir qatorda afsonaviy qush tasvirlari ham o’z aksini topgan. Ayniqsa, ustaning tovus tasviri tushi- rilgan (tovoqilabgardon kabi) laganlari mashhur; qoshiya naqshlarda an’anaviy to’lqinsimon o’simlik novdalari tasviri, handasiy naqshlarni keng qo’llaydi.