Nefelin

Nefelin (yunoncha nefele- bulut; o`tkir kislotalarda nefelin parchalanib, bulutga o`xshab ketadi) – tarkibida alyuminiy bo`lgan, rangsiz, kul rang, yashil, pushti va b. ranglardagi mineral. Bir qancha otqindi jinslar tarkibida uchraydi. Alyuminiy rudasi sifatida, shisha, sement va kimyo sanoatida ishlatiladi. Kola yarim oroli (Xibin tog`lari), Ural (Ilmen tog`i), Krasnoyarsk o`lkasida nefelin konlari bor.