Nefroskleroz

Nefroskleroz (Yunoncha nephnos — buyrak, sklerosis — zichlashish) — buy- rakni biriktiruvchi to’qima qoplab ketishi natijasida uning qattiqlashishi va «burishib» qolishi. Gipertoniya, pielo-nefrit, buyrak sili, glomerulonefrit, buyraktosh kasalligi (nefrolitiaz) va boshqalarda kuzatiladi. Nefrosklerozda, asosan, buyrakning mayda arteriyalari (Arteriolalari) shikastlanadi, ular burishib qolib parchalanadi, natijada buyrak epiteliysi nobud bo’ladi. Asosan, tuzsiz parhez va kasallik alomatlariga qarab dori-darmonlar buyuriladi.