Neft gazlari
Neft gazlari – neft bilan birga chiqadigan uglevodorod gazlari, shuningdek, neftni qayta ishlash paytida hosil bo’ladigan gazlar. 1 m3 hajmdagi Neft gazlari tarkibida 100-150 gramm benzin fraktsiyalari bo’ladi. Yonish issiqligi 29-38 MJ/ m3 (7000-9000 kkal/m3). Neft gazlarining alohida xususiyatlaridan biri — tarkibida metandan tashqari etan, propan, Butan va og’ir uglevodorodlar bug’larining mavjudligidir. Aksari Neft gazlarida qo’shimchalar sifatida vodorod sulfid va yonmaydigan komponentlar (azot, uglerod (U1)- oksid, argon va geliy) uchraydi.