Neftekamsk

Neftekamsk — Rossiya Federatsiyasi Boshqirdistondagi shahar (1963 yildan). Kama daryosi bo’yida. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 117 ming kishi (1998). Neft qazib olinadi (Arlan neft koni). Avtosamosval, «Bashselxozmash», temir-beton buyumlar, sut va pivo zavodlari, go’sht, sun’iy ko’n kombinatlari bor, o’rmon va o’rmon kimyosi sanoatlari rivojlangan. Neft texnikumi, teatr, o’lkashunoslik muzeyi mavjud. Neftekamsk Arlan neft konining o’zlashtirilishi munosabati bilan vujudga kelgan.