Anjir dunyodagi eng ajoyib mevalardan biridir. Inson uni azal-azaldan ardoqlab keladi. Anjir bir zamonlar Misr fir’avnlari dasturxoniga tortilgan tansiq taom bo’lgan, keyinchalik esa och-nahor kun kechirgan qullarning birdan-bir ozig’iga aylanib qolgan. Anjir oziq-ovqatgina emas, sharbatidan spirt, sharob, gazmollarni bo’yaydigan bo’yoq ham olinadi. Uning enli, zich va qumqog’ozga o’xshash g’adir-budur yaprog’i bilan fil suyagi silliqlangan, po’stlog’idan esa pishiq arqonlar to’qiladi. Anjirning turlari ko’p. Ular orasida eng xushxo’ri Izmir anjiridir. Turkiyadagi Izmir shahri sharafiga qo’yilgan bu anjir navi ilk marta aynan o’sha joyda yetishtirila boshlangan. Anjirning yumaloq va seret mevasi bo’g’zida teshigi bor tarang qopga o’xshaydi. Qopchalar ichida et bilan birga gulchang va biz danaklar deb ataydigan urug’lar bor. Ammo bular urug’ emas, aksincha anjirning haqiqiy mevalaridir. Umuman olganda, Izmir anjirining ko’payish jarayoni o’ta o’ziga xosdir. Hamma gap shundaki, uning gullari faqat Kapri anjirining gulchangi bilan urug’lanishi mumkin. Garchi Kapri Anjiri tarkibida gulchang mo’l bo’lsa-da, uni changlanayotgan gulga faqat bir turdagi hasharot — mayda anjir arisi olib borishi mumkin. Bu arilar tuxum qo’yish vaqti etguncha Kapri anjirining ichida yashaydi. Ular anjirdan uchib ketayotib, o’zi bilan birga tanasiga yopishib qolgan changni ham olib ketadi. So’ngra ular Izmir anjirining ichiga kirishi bilan tanasiga yopishib qolgan gulchangning bir qismini qoqib tushiradi.
Baliqchilik nimani anglatishini bilasizmi
Baliqchi nimani anglatishini bilasizmi
Baliq uni nimani anglatishini bilasizmi
Baliqko’z nimani anglatishini bilasizmi
Baliq nimani anglatishini bilasizmi
Balans nimani anglatishini bilasizmi
Bakterioz nimani anglatishini bilasizmi
Bakteriolog nimani anglatishini bilasizmi
Bakteriya nimani anglatishini bilasizmi

