NEGROID IRQ
NEGROID IRQ — katta ekvatorial (negr-avstraloid) irqqa kiradi. Tanasining qoraligi, jingalak sochligi, burnining kengligi, lablarining qalinligi, prognatizm (jag’suyaklarining oldinga turtib chiqishi) xosdir. Afrikada, Sahroi Kabirning Janubda tarqalgan. «Negroid irq» termini ba’zan ekvatorial irqining sinonimi sifatida qo’llaniladi.