Nektarxo’rlar

Nektarxo’rlar (Nektariniidae) -sayroqi chumchuqsimonlar oilasi. Uzunligi 9,5—25 santimetr. Tumshug’i uzun, ingichka, ko’pincha pastga egilgan, narining patlari modasiga nisbatan chiroyli, yaltiroq. 8 urug’i, 104-115 turi subtropik va tropik mintaqalar (Afrika, Janubiy Osiyo, Shimoliy-Sharqiy Avstraliya) da tarqalgan. O’simlik gullagan davrda oziq qidirib ko’chib yuradi. Buta va daraxtlarda yashaydi, tog’larda 4000 metrgacha balandlikda tarqalgan. Ko’pchilik turlari chiroyli sayraydi. Uyasini daraxtlar shoxining uchiga quradi. 1-3 ta tuxum qo’yadi. Hasharotlar, nektar va mevalar bilan oziqlanadi. Nektarni daraxt shoxiga yoki gulga qo’nib olib so’radi. Kolibrlar qanot qoqib bir joyda ucha turib, nectar so’radi. Nektarxo’rlar o’simliklarni changlatishda ishtirok etadi. 1 turi xalqaro qizil kitobga kiritilgan.