Nematodirozlar

Nematodirozlar — kavsh qaytaruvchi hayvonlarda uchraydigan gelmintoz kasalliklar. Hayvonlarning ingichka ichaklarida parazitlik qiluvchi Nematodirus avlodiga mansub nematodalar qo’zg’atadi. Asosan, yosh mollar (qo’zilar) kasallanadi. Kasallik, asosan, yaylovlarda alimentar yo’l bilan yuqadi. Nematodirozlar qurg’oq, keskin o’zgaruvchan iqlimli, tuproqda mis va kobalt yetishmaydigan, lekin bor va molibden ortiqcha bo’lgan xrllarda muayyan hududlarda uchraydi. Hayvon organizmida gijja 21-26 kun davomida jinsiy yetiladi, 5 oygacha parazitlik qiladi va tashqi muhitga ko’plab miqdorda tuxum chiqarib turadi. Kasal hayvonlar holsizlanadi, oriqlab, ichi ketadi, ko’p suv ichadi, nafas olishi tezlashadi. Davolash: nilverm, naftamon, panakur, farantel beriladi. Oldini olish: hayvonlarni madaniy o’tloqlarda boqish, mineral qo’shimchalar qo’shilgan to’yimli ozuqalar berish.