Ne’matova Adolat
Ne’matova Adolat (1949.6.3, Oltiariq tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Farg’ona pedagogika institutini tugatgan (1970). 1971 yildan Oltiariq tumani, Shahrixon, Toshkent shahri maktablarida o’zbek tili va adabiyoti, chet tili o’qituvchisi. 1984 yildan Mirzo Ulug’bek tumanidagi 223-maktabning boshlangich sinf o’qituvchisi. Ish faoliyati davomida o’zini mohir pedogog sifatida namoyon etdi. 1994/95 o’quv yilida 1 yilda ikki sinf dasturini (1—2sinflar) o’qitish tashabbusi bilan chiqib, uni o’zi amalga oshirdi. Birinchilardan bo’lib «odobnoma» sinov-tajriba darsini olib bordi. 1—4-sinflar uchun «Odob saboqlari» dare rejasi va dasturi, «Odobnoma» darsligi va metodik qo’llanmasi mualliflaridan biri.