Neokolonilizm

Neokolonilizm (neo… va lotincha birlik colonia, colo-yashayman, o’rnashaman)-imperialistik davlatlar va monopoliyalarning imperializmning mustamlakachilik sistemasi barbod bo’layotgan sharoitda mustamlaka qaramligidan ozod bo’lgan mamlakatlar ustidan yangi, ancha tadbirli usullar bilan o’z hukmronligini saqlab qolish va bu mamlakatlar xaqlarini ekspluatatsiya qilishga qaratilgan mustamlakachilik siyosati. Neokolonilizm Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasidagi rivojlanayotgan mamlakatlarning haqiqiy mustaqillik tomon harakatiga, bu mamlakatlarda chet el monopoliyalari mulkining natsionalizatsiya qinilishiga va iqtisodiyotning davlat sektoriga aylanishiga to’sqinlik qiladi. Neokolonilizm hukmronlikning uslublari rivojlanayotgan mamlakatlarga iqtisodiyot va siyosiy shartlar asosida “yordam” berishni, teng huquqli shartnomalar va bitimlar tuzishni, bu mamlakatlarni imperialistik davlat homiyligida turli blok hamda ittifoqlarga tortishni, mustaqil rivojlanish yo’liga o’tib olgan mamlakatlarning ichki ishlariga aralashish, qo’g’irchoq rejimlar tuzishni va hokazolarni o’z ichiga oladi.