Neopifagoreizm
Neopifagoreizm (Neo… va pifagoreizm) — miloddan avvalgi 1-asr — milodiy 3-asr yunon falsafasidagi oqim. Neopifagoreizm namoyandalari: Nigidiy Figul, Apolloniy Tianskiy va boshqalar. Ular Pifagorning matematik simvolizm metodlarini qayta jonlantirib, o’z qarashlarida yagona— ko’p, monada—diada, aynanlik—tafovut, juft—toq, nuqta—chiziq—tekislik-jism tushunchalariga asoslanib fikr yuritdilar. Platonizmtn farqli o’laroq, barcha narsaning ibtidosi aql (nus) emas, balki monada—diada deb hisoblar edilar. Keyingi davrda Neopifagoreizm falsafada mustaqil oqim sifatida o’z mavqeini yo’qotdi, uning ayrim jihatlari Neoplatonizmda o’z aksini topdi.