Neorealizm

Neorealizm (Neo… va realizm) — 20-asr ingliz falsafasidagi hukmron oqim. Kembrij shahrida 1903 yilda ingliz faylasufi J. Mur (1873-1958) asos solgan. Neorealizm neogegelchilikka, ayrim falsafiy masalalarni spekulyativ ishlab chiqishga qarshi qaratilgan bo’lib, uning vakillari bu masalalarni mantiqiy tahlil vositasi bilan, ya’ni tabiatshunoslik uslubi bilan hal qilishga urinadilar. Falsafa tizim sifatida rad etiladi. Falsafiy qiziqishlari markazida mantiq, bilish nazariyasi, biologiya va fizika turgan. J. Murdan tashqari, Neorealizmning vakillari S. Aleksander, ingliz faylasufi Ch. D. Broud (1887—?), S. L. Morgan, B. Rassel, ingliz-amerika faylasufi A. N. Uayt- Xed (1861 — 1947) va boshqalardir. Neorealistlar ikkinchi guruhining rahbari ingliz faylasufi A. Ayer (1910— 89) bo’lib, neopozitivizmga yaqin turadi.