Neptunda olmos yomg‘iri yog’adi!
🔹 Neptun va Uran – Quyosh tizimining eng sirli sayyoralari bo‘lib, ularning atmosferasi metan bilan to‘yingan.
🔹 Olimlarning fikriga ko‘ra, bu sayyoralarning ichki qatlamlarida ulkan bosim va issiqlik ta’sirida metan molekulalari parchalanadi va uglerod atomlari ajralib chiqadi.
🔹 Ushbu uglerod atomlari kristallanish jarayonidan o‘tib, haqiqiy olmoslarga aylanadi. Hosil bo‘lgan olmoslar minglab kilometr pastga tushib, sayyoraning markaziga qarab «yomg‘ir» singari yog‘iladi!
🔹 Olimlar bu hodisani laboratoriya sharoitida ham sinab ko‘rishgan va haqiqatan ham shunday jarayon yuz berishini isbotlashgan.
⚡️ Tasavvur qiling, Neptunda sayr qilayotganingizda, osmonda suv emas, olmos yog‘ayotgan bo‘lsa! Haqiqiy kosmik boylik! 💎