Nerit yotqiziqlari

Nerit yotqiziqlari (Yunoncha nerites-dengiz mollyuskasi) — sayoz joylardagi dengiz va okean tubi cho’kindilari. Materik sayozligisa suv quyi qatlamining yaxshi aeratsiyalanishi sharoitida qosil bo’ladi. Nerit yotqiziqlari turli tipga mansub cho’kindilar (mayda tosh, shag’al, chig’anoqlar, oolitli va foraminiferali qumlar va alevritlar), gilli balchiq, organogen, kam hollarda xemogen cho’kindilardan iborat. Umuman bu cho’kindilar suv to’lqini ta’sirida saralanadi, o’zaro keskin farq qiladi. Ular orasida suv tubida yashovchi organizmlar qoldig’i ko’p.