Neron (Nero) Klavdiy Tsezar

Neron (Nero) Klavdiy Tsezar (37- 68) — Rim imperatori (54-68); Yuliy- Klavdiylar sulolasidan. Bag’ritosh, takabbur, maishatboz bo’lgan. 59 yil Oktaviyga onasini o’ldirishni, 62 yil esa xotinini o’ldirishni buyurgan. 64 yil Rimning katta qismiga o’t qo’ygan, bunda uni qo’li borligida shubha qilishmasligi uchun Rim xristianlarini ta’qib eta boshlagan. Keyinchalik shaharni tiklash uchun provintsiyalar aholisidan olinadigan soliqlarni keskin oshirgan. Bu Neronga karshi norozilikni kuchayishiga sabab bo’lgan. Neron qatag’on siyosati va aholi mol-mulkini musodara qilish bilan Rim jamiyatining turli qatlamlarini o’ziga qarshi qilib qo’ygan. Xalq qo’zg’olon ko’tarishidan xavfsirab, Rimdan qochgan va o’zini o’zi o’ldirgan.