Nesh (Nash) Jon

Nesh (Nash) Jon (1928.13.6, Blu- Fild, G’arbiy Virjiniya) — Amerikalik iqtisodchi. Massachusets texnologiya instituti professor (1951-59), Prinston unstituti matematika fakulteti professor (1959 yildan). Nesh o’yin nazariyasi va muvozanatlik nazariyasiga bag’ishlangan ishlari bilan tanilgan. U umumiy uyin nazariyasiga nokooperativ uyinlar kontsepsiyasini kiritdi. Bu kontsepsiya raqobat, oligopoliya, sanoatni tashkil etish nazariyasi, shuningdk, iqtisodiy siyosatni tahlil qilishning makroiqtisodiy nazariyasida keng qullaniladi. Nobel mukofoti laureati (1994; J. Xarshani va R. Zelten bilan birgalikda).