Neyrolingvistika

Neyrolingvistika (lot neuron-nerv va lingua — til) — psixologiya fani sohasi, afaziyaning psixolingvistik jihatlarini o’rganadi. Neyrolingvistikaning fan sifatida vujudga kelishi, bir tomondan, neyropsixologiyaning, ikkinchi tomondan, lingvistika va psixolingvistikaning rivojlanishi bilan bog’langandir. Hozirgi zamon neyropsixologiyasida Neyrolingvistika so’zlashga miyaning sistemali funktsiyasi sifatida, afaziyaga esa sistemaning buzilishi sifatida qaraydi. Neyrolingvistikaning rivojlanishi psixolog A. R. Luriya (1902— 77) va uning shogirdlarining ilmiy ishlari bilan bog’liqdir.