Niagara sharsharasi Nyu-York shtatidagi Buffalo shahridan 25 km uzoqlikda oqib o’tadigan Niagara daryosida joylashgan. Niagara daryosi yeri ko’liga quyiladi va to’rtta Buyuk ko’lni Ontario ko’li bilan bog’laydi. Daryo yo’lining 58-kilometri o’rtalarida tez oqim birdan uziladi va baland qoyadan sharshara bo’lib pastga oqadi. Bu Niagara sharsharasidir. U ikkita: Kanada va Amerika sharsharalaridan tarkib topgan. Niagara daryosi suvining 94% tik Kanada sharsharasi orqali pastga oqib tushadi. Geologlarning fikricha, Niagara sharsharasi ancha yosh. U bundan, taxminan, 10-15 ming yil ilgari paydo bo’lgan. Muz davrida hozirgi Niagara o’rnini muz qoplab olgan. Muzliklar erib, yeri ko’li hosil bo’lgan. Undan bir daryo oqib chiqib, ko’lning suvlarini shimolga olib ketgan. Daryo oqimi bir qoyaga yetib boradi. Qalin ohaktosh qatlami bilan qoplangan bu qoya Niagara sharsharasini hosil qiladi. Keyinchalik sharshara suvi daryo o’zanini chuqurlashtirib yuborgan. Suvning tushish balandligi o’rtacha 50 metrdir. Niagara sharsharasi haqidagi ilk ma’lumotlar 1697 yili paydo bo’lgan. Bu haqda fransuz tadqiqotchisi va missioneri avliyo Luis Xennepen yozib qoldirgan. U ilk marta sharsharani 1678 yili Soyr de la Sall bilan yangi dunyoga safari chog’ida ko’rgan edi.
Ona tili 6 sinf uchun test savollari
Ona tilidan 5 sinf testlar
Avtomobil haydovchiligi uchun testlar to’plami
Avtomobil haydovchiligi uchun test savollari
Haydovchilik yo’nalishida testlar
YouTube monetizatsiyasi O’zbekistonda: qachon ishga tushadi va hozir qanday pul topish mumkin?
Sun’iy yo’ldosh interneti nima? Qanday ishlaydi va O’zbekistonda qachon bo’ladi?
NFC nima? Kontaktsiz to’lov qanday ishlaydi?
Google Pay O’zbekistonda: qanday ishlaydi va qanday ulanadi?

