Niderlandiya
Niderlandiya — o’rta asrlarda Yevropaning shimoli-g’arbida joylashgan tarixiy viloyat (hozirgi Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, shimoliy-Sharqiy Frantsiyaning bir qismi). 17 viloyat (Janubiy viloyatlar — Flandriya, Brabant, Lyuksemburg, Artua, Gennegau va boshqalar; shimoliy viloyatlar — Gollandiya, Zelandiya, Frislandiya va boshqalar)dan tarkib topgan. 15-asr oxiridan Gabsburglarga (1556 yildan — ispan gabsburglariga) tegishli bo’lgan; Niderlandiya inqilobi Niderlandiyada bo’lib o’tgan.