Nigilizm

Nigilizm (lotincha nihil-hech nima)-mavjud ijtimoiy hayot shakli va axloqiy normalarni, madaniy meros hamda ideallarni inkor etish. Ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot inqirozga uchragan davrlarda, ayniqsa, keng yoyildi. Nigilizm terminini birinchi marta nemis faylasuvi F.G.Yakobi (1743-1819) qo’llagan. Rossiyada bu termin, I.S.Turgenevning “Otalar va bolalar” (1862) romani nashr etilganidan keyin, keng tarqaldi. Keyinchalik Nigilizm termini inqilobiy mafkura va demokratik harakatni tahqirlash uchun ishlatilgan.