Nigilizm

Nigilizm (lotincha nihil — hech nima) — mavjud ijtimoiy hayot shakli va axloqiy normalarni, madaniy meros hamda ideallarni inkor etish. Ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot inqirozga uchragan davrlarda ayniqsa keng yoyildi. Nigilizm terminini birinchi marta nemis faylasufi F. G. Yakobi (1743-1819) qo’llagan. Rossiyada bu termin I. S. Turgenevning «Otalar va bolalar» (1862) romani nashr etilganidan keyin keng tarqaldi. 19-asrning 2-yarmida krepostnoylik an’analarini va dinni inkor etgan raznochin- shestidesyatniklarning radikal oqimi vakillari nigilistlar deb atalgan. Keyinchalik Nigilizm termini inqilobiy mafkura va demokratik harakatni tahqirlash uchun ishlatilgan.