Nigrosporoz

Nigrosporoz — makkajo’xori so’talari va g’o’za ko’saklari kasalligi. Nigrospora oruzae, Nigrosporoz spaerika (makkajo’xori so’talarida), Nigrosporoz gossypii (g’o’za ko’saklarida) chala zamburug’lari qo’zg’atadi. Kasallangan organlarda qora dog’lar hosil qiladi. Kuchli zararlangan so’talar rivojlanmaydi, zo’g’atasi o’rtasidan yorilib ketadi. Zararlangan so’talardagi makkajo’xori donining unuvchanligi pasayadi. Zararlangan urug’lik maysasi ko’pincha unib chiqishi bilan nobud bo’ladi. Nigrosporozga chalingan ko’sakning barcha yoki ba’zi chanoqlari to’liq ochilmaydi. Kasallangan tola qora-qizg’ish rangga kiradi. Nigrosporozga qarshi o’simliklarning boshqa zamburug’li kasalliklariga qarshi kurash choralari qo’llaniladi.