Niigata

Niigata — Yaponiyadagi shahar. Xonsyu orolining g’arbiy sohilida, Sinano daryosi quyilishida. Niigata prefekturasining ma’muriy markazi. Aholisi 501,3 ming kishi (2000). Yirik dengiz porti (yiliga 20 million tonna yuk ortib-tushiriladi). Neft qazib olish va uni qayta ishlash hamda neft kimyosi markazi. Metallurgiya, elektronika va transport mashinasozligi, to’qimachilik (ipak va sun’iy matolar ishlab chiqarish), taxta tilish, qog’oz, tsement sanoati korxonalari, issiqlik elektr stansiyasi, universitet bor.