NIJNEVARTOVSK

NIJNEVARTOVSK – Rossiya Federatsiyasi Xantimansi Muxtor okrugidagi shahar (1972 yildan). Ob daryosidagi port. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 235,7 ming kishi (1998). Neft qazib olinadi. Neft-gazni qayta ishlash, o’rmon, qurilish materiallari, oziq-ovqat sanoati rivojlangan, o’lkashunoslik muzeyi bor.